Huawei 1
Tojik kovragining shirasini olishga to'sqinlik qilmagan o'rmonchilar  o'simlik dunyosiga 442 million so'm zarar yetkazdi

Noqonuniy ravishda Tojik kovragining shirasini olishga to'sqinlik qilmagan o'rmonchilar  o'simlik dunyosiga 442 million so'm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Ro'zigul Safarova  boshchiligidagi tezkor guruh "Bobotog' "davlat o'rmon xo'jaligi faoliyatini o‘rganish ishlarining birinchi kunidayoq   bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan,  birinchi kunda “Bobotog” davlat o‘rmon xo‘jaligi “Fayzova” bo‘limining 1-A-aylanma 2-kvartal o‘rmon fondi yer maydonida o‘rganish ishlari olib borilganda, ushbu hudud o‘rmonchisi M. Mamatraimovaning o‘z ishiga sovuqqon yondashishi, ma’suliyasizligi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, tabiiiy holda o‘suvchi 893 (sakkiz yuz to‘qson uch) tup “Tojik” kovrak o‘simligining 2-3-marotaba shirasi olinganligi, bundan tashqari 163 tup tojik kovrak o‘simligining shirasini olish maqsadida dimlab qo‘yilganligi kuzatildi.

Shaxsi noma’lum bo‘lgan shaxslar bu harakati bilan o‘simlik dunyosiga 442 million  35 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21218 | Инструменты