Huawei 1
Ilon Mask nega “Ozodlik” va “Amerika Ovozi” radiolarini yopishni talab qilmoqda?

Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopishga chaqirgandi.

Uzreport TV jurnalisti Gulnoza Husanova hamkorimiz "Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova bilan bog‘lanib, Maskning bu talabiga fikrini so'radi.

"OAV nishonga olinishga, ularga nisbatan har xil gaplar aytilishiga, deylik g'azab, nafrat, tanqid, bunga o'rganib ketgan. AQSH kongresi ajratgan pulga ishlaydigan tashkilot ekanmiz, pul ajratilishda davom etar ekan biz ishlaymiz. Lekin deylik Amerika federal tizimi "bo'ldi bu tashkilotlarga talab yo'q, ehtiyoj yo'q" degan qarorga keladigan bo'lsa, faoliyat to'xtatiladi. Biz amerika soliq to'lovchisidan beriladigan mablag' bilan ishlaydigan tashkilotlarmiz. Shuning uchun masalan hozircha tashkilotimiz bu borada hech qanday munosabat bildirgani yo'q. Kuzatib turibmiz masalan Amerika hukumatining o'zidan hali hech kim bunga munosabat bildirmadi. Bildirilgan taqdirda ham bizning faoliyatimiz davom etar ekan, ishlayveramiz ya'ni bu hammasi deylik kelajakda kim nima qilishi bilan chambarchas bog'liq", deydi Navbahor Imamova.

Jurnalist, shuningdek, Maskning guruhi tekshirayotgan tashkilotlar, ularning xodimlari hammasi o'z huquq va manfaatlariga egaligini ta'kidladi.

"Amerikaliklardan so'raydigan bo'lsak, respublikachilar ham demokratlar ham bizga hozir bir narsani aytadi, "Amerikada qonun ustuvorligi ishoning". Tamom yani bu yog'i qonun nima desa shu. Albatta prezident Tramp o'zi vakolatidan maksimal foydalanishga harakat qilyapti, nimaiki qo'ldan kelsa uni ishga solishga harakat qilyapti, chunki isloh qilmoqchi tizimni. Lekin bu yerda sud bor, bu yerda Konggres bor, ya'ni Amerikada 3 mustaqil davlat organi bor, ular birga ishlaydi, shu bilan birga, o'zining unikal vazifalariga ega. Ijroiya organi demak ijro etadi belgilangan siyosatni, mablag' Konggresdan ajratiladi, va aynan mana shu USAID'ga mablag' ajratilgan. Va Konggres bu ahdidan qaytmagan.

Ya'ni u pul ajratilganicha turibdi hali, va keyin bu ishlar qanchalik qonunga javob beradi va qanchalik qonunga zid buni sud tizimi belgilaydi. Lekin hozir Vashingtonda e'tibor asosan bir masalada, aslida bu mashmashalardan tashqari Amerika hukumatining hozirgi budjeti 4-martgacha. 4-martdan keyinga pul ajratilmagan. Hozir Oq uy uchun birlamchi masala qonunchilardan 3 oy uchun yoki 6 oy uchun yoki moliyaviy yilning oxirigacha 9-sentyabrgacha mablag' ajratilishini taminlash. Va bunda mana shu norozi g'azabga to'la demokratlar hozir qanday ish tutadi? Demokratlar aytyapdiki, biz mana shu kuchimizdan foydalanamiz. Chunki mablag' ajratishdek buyuk vakolat bizda. Ya'ni agar Tramp ma'muriyati biz xohlamagan qadamlarni tashlashda davom etadigan bo'lsa, biz jazolaymiz. 

Bu degani 4-martdan keyin Amerika hukumati ishdan to'xtab qolishi mumkin, chunki taqa-taq hamma mablag' to'laydi, kerakli to'lovlar qilinmaydi, Amerika o'z qarzlarini to'lay olmaydi. Amerika maosh bera olmaydi va buni biz o'tmishda ko'rganmiz Donald Tramp oldin prezident bo'lmagan payti, Barak Agama payti guvoh bo'lganmiz. Va hozir Vashingtondagi asosiy masala o'zi aslida shu", deydi Navbahor Imamova.

Mavzuga oid:

Tramp nega USAID'ni "yopib qo'yishga" tayyor?

 USAID soliq to‘lovchilarning pullarini taraqqiyotga emas, balki "absurd" loyihalarga sarflagan, degan  fikrlar rostmi?

Donald Tramp USAID'ni amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini noto‘g‘ri ishlatganlikda va korrupsiyada aybladi. Bu ayblovlar qanchalik haqiqatga yaqin?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21220 | Инструменты