Huawei 1
USAID soliq to‘lovchilarning pullarini taraqqiyotga emas, balki "absurd" loyihalarga sarflagan, degan  fikrlar rostmi?

4-fevral kuni USAID’ning Vashingtondagi shtab-kvartirasi yopilgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so'ng, Reuters axborot agentligi AQSh hukumati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirishi haqida o'z xabarini e'lon qildi. Agentlik manbalariga ko‘ra, USAID’ning butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 10 ming xodimidan faqat 294 kishi ishda qolishi mumkin.

AQShda yuz berayotgan ushbu voqealar fonida UzReport TV jurnalisti Gulnoza Husanova "Amerika ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova bilan suhbatlashdi. 

USAID soliq to‘lovchilarning pullarini taraqqiyotga emas, balki "absurd" loyihalarga sarflagan, degan  fikrlar rostmi?

“Amerika ovozi” AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligini eng ko’p yoritadigan tashkilot. Biz bevosita Amerikaning tashqarida, xorijda qilayotgan ishlariga e’tibor qaratamiz. O’zim yillar davomida kuzatib kelaman, Amerikaning ichida ichki media u qadar bu tashkilotni yoritmaydi. Ular uchun bu qiziq emas.  AQSh Xalqaro taraqqiyot byudjeti davlat byudjetining 1 foizini ham tashkil qilmaydi. Pandemiya davrida bu biroz ko’tarilgan edi, o’sha vaqti 70 mlrd dollarni tashkil qilgan. Lekin umumiy olganda 30-40 mlrd dollarni tashkil qiladi. Hozir Amerika xalqi tushunib yetdiki, USAID'ning faoliyati AQSh iqtisodiyoti bilan bog’liq. Chunki Amerikaning qishloq xo’jaligi mahsulotlari, hamda boshqa ishlab chiqaradigan tovarlarini AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi sotib oladi. Uni esa tashqi yordam sifatida ishlatadi. Agentlikning ancha-muncha puli Amerikaning o’zida ham sarflanadi. Bu hozir oydinlashyapti. Biz buni bilar edik, lekin Amerika ommasi buni muhokama qilmas edi. Qiziq tomoni shundaki, jurnalistik tomondan tahlil qiladigan bo’lsak, Amerika ommasi bu agentlik faoliyatiga bunchalik jiddiy e’tibor bilan qaramagan. Bu ham judayam qiziq. Hozir bu agentlikning targ’iboti ketyapti, aytishadiku, targ’ibotning yomoni yoki yaxshisi bo’lmaydi deb. Hozir ko’p odamlar so’rashyapti, shunaqa agentligimiz bormi deb? Aslida esa bu agentlik nomi tushirilgan minglab yordamlar boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda. USAID muntazam ravishda Kongressga hisobot berib kelgan. Bu hisobotlar esa ochiq hujjat. Minglab manbalarda uni hisoboti bor. Bu dasturlarni agentlik hukumat bilan kelishib olib boradi.

Masalan, Markaziy Osiyoga qarasak, 1990-yillarning boshidan beri ushbu besh davlatlarga milliardlab dollar sarflangan. 2013-yilgacha 2 mlrd dollar sarflangan ekan. Oxirgi yillarda O’zbekiston va Turkmanistonga missiyalar kengaygan. O’zi Amerika tashqi yordami eng ko’p Tojikiston va Qirg’izistonga ketgan. Mana shu ikki davlat qiynalyapti, eng qoloq va qashshoq deb tariflangan holda xulosa qilingan va yordam yetkazilgan. O’zbekistonda ham bu dasturlar kengayganini ko’ramiz. Amerika tashqi yordami deganda bu bir “chemodanda” yoki “xaltada” pul olib boradi degani emas.

Har qanday dastur asosida pul ajratilganda u to’g’ri sarflandimi, bizni maqsadga yetaklay oldimi degan savollar beriladi. Biz jurnalistlar ham bu savolni beramiz", deya javob berdi Navbahor Imamova. 

Mavzuga doir

Tramp nega USAID'ni "yopib qo'yishga" tayyor?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21221 | Инструменты