Joriy yil 7-fevral kuni So‘g‘d viloyatining Xo‘jand shahrida yashovchi 9 yoshli qiz g‘oyib bo‘ldi. Qidiruv ishlari boshlandi, Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining So‘g‘d viloyati bo‘yicha departamenti qutqaruvchilari jalb qilindi va ular har kuni Sirdaryoning har bir metrini ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, 29 fevral kuni Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ushbu respublika hududida qidiruv ishlarini olib borishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha so‘rov xati yuborilgan. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin shahri yaqinidagi qishloqlarida qidiruv-qutqaruv tadbirlari hamda qirg‘oqbo‘yi tekshiruvi o‘tkazildi.
"Olib borilgan ishlar natijasida 2024-yil 12-mart kuni soat 15:15 da O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Shirin shahridan oqib o‘tuvchi Janubiy-Mirzacho‘l kanalining o‘ng qirg‘og‘ida qiz bolaning jasadi topilgan", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111704 | Инструменты