Huawei 1
“Tolibon” Termizda musiqani cheklash bo‘yicha bizga hech qanday so‘rov jo‘natmadi – O‘zbekiston TIV

Avvalroq, “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari O‘zbekistondan Termizdagi umumiy bozorda konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘ragani, aks holda Afg‘oniston fuqarolariga ushbu umumiy bozorga kirishga ruxsat etilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston tarafidan bunday harakterdagi hech qanday murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli Tashqi ishlar vazirligi afg‘on nashrlaridan yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Shuningdek, Termiz shahar hokimligi matbuot kotibi Aziza Qosimovaning ma’lum qilishicha, bozor hududida afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik fuqarolar erkin savdo qilishadi va shu vaqtga qadar afg‘on savdogarlari va haridorlaridan musiqa va konsertlar borasida e’tirozlar bildirilmagan.

Ma’lumot uchun, avgust oyida Surxondaryo viloyatida Termiz xalqaro savdo markazi o‘z ishini boshladi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolari ushbu bozorda vizasiz 15 kun davomida qolib, sayohat qilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101503 | Инструменты