Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda avtomobillarning old yon oynalarini qoraytirganlik uchun to‘lovlar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalmoqda. YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev buni rad etdi.
Zoir Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, haydovchilar uchun bir qator yaxshi yangiliklar aks etgan qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, ammo gap avtomobillarning old oynalarini qoraytirish bepul bo‘lishi yoki arzonlashishi haqida ketmayapti.
Ayni paytda avtomobillar orqa yon oynalari va orqa oynani qoraytirish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi va bu bepul amalga oshiriladi. Old eshiklar oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma olish zarur. Ruxsatnoma yillik asosda beriladi. Avtomobillar orqa oynasining tusini, shuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan “polosa” shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51600 | Инструменты