Huawei 1
Toshkent aeroportida 135 mln so‘mlik tilla piyolani Germaniyaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

“Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo'yishdi.                            

Xususan, Toshkentdan Myunxen shahriga uchib ketayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yo'l yuklari orasiga qiymati 135 mln 200 ming so'mlik, taxminiy og'irligi esa 104 grammni tashkil etuvchi 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan 750 probali 1 dona piyolani  yashirib olib o'tmoqchi bo'lgan vaqtida bojxona xodimlari tomonidan to'xtatib qolingan.                                                                                              

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52001 | Инструменты