Joriy yilning 10-iyun sanasidan boshlab, Uzautotrans Service MCHJ tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qatnovlar oyning juft kunlarida (kun ora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 300 000 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Uzautotrans Service korxonasi mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты