Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik fuqarolar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Uzbek school” — xorijliklar uchun o‘zbek tili tayyorlov kurslari maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu kurslarda o‘zbek tili eng zamonaviy usul va vositalar yordamida, til o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual o‘rgatiladi.

A1 daraja uchun mo‘ljallangan ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat bo‘lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo‘lgan yozish (writing), gapirish (speaking), o‘qish (reading), tinglash (listening) ko‘nikmalarni egallashga imkon yaratadi. Har bir mavzu oxirida tinglovchi o‘z bilimlarini tekshirishi va mustahkamlashi uchun maxsus test topshiriqlari beriladi.

Ushbu darslik shu yo‘nalishda yaratilgan mavjud o‘zbek tili qo‘llanmalaridan inglizcha ko‘rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so‘zlarning ingliz tilidagi tarjimasi ko‘rsatilgani bilan ajralib turadi.Kitobga ilova etilgan audio-vizual materiallar o‘zbek tili fonetikasining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, matnlarda aks etgan dialoglar orqali turli situativ holatlarda ishlatiladigan leksik qatlam bilan tanishadi. Bundan tashqari, kitob nafaqat o‘zbek tilini, balki o‘zbek madaniyatini ham o‘rganishga yordam beradi.Shuningdek, tadbir doirasida universitet o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Xorijliklar uchun o‘zbek tili”darsligining taqdimoti ham bo‘ldi. Ma'lumot uchun, 5 yildan buyon sinov tariqasida universitet qoshida faoliyat yuritayotgan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslarida 300 dan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSh, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘rganishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты