Huawei 1
Toshkent hayvonot bog‘iga oq Bengal yo‘lbarsi, oq sher, jirafalar va zebralar olib kelindi

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular orasida 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher mavjud.

Qayd etilishicha ushbu hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan. 

"Hayvonlarni tashish CargoPoint kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Yoxannesburg – Antananarivu – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 10 827 km masofani bosib o‘tdi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты