Huawei 1
Toshkent IIBB Husnora Shodiyeva voqeasiga izoh berdi

Avvalroq, boshlovchi Husnora Shodiyeva ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, yo‘l patrul xodimi uni haqorat qilganligini bildirgan edi.

Holat yuzasidan IIBB YHXB rasmiy izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat Toshkent shahar Nukus yo‘lida sodir bo‘lgan. Husnora boshqaruvida bo‘lgan Equinox avtomobili yo‘lning 3-va 4- qatorini yopib qo‘yib, sunʼiy tirbandlik hosil qilgan. Bu esa 4-qatordan foydalanishi kerak bo‘lgan boshqa haydovchilarning noroziligiga sabab bo‘ladi.

Xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xodimi unga tushuntirish berib, oldinga harakatlanishni so‘raydi.

"Muzikasi baland holda mashinani ichida raqsga tushib o‘tirgan ekan. Men ishora berganimdan so‘ng eʼtibor berib, qaradi. Oramizdagi masofa uzoq bo‘lganligi uchun men baland gapirishga majbur bo‘ldim. Shu orada svetoforning yashil chirog‘i yonib, mashinalar harakatlanishni boshladi. Men tomonimdan Equinox haydovchisiga nisbatan hech qanday haqoratli gap ishlatilgani yo‘q. Qonun doirasida xizmat olib bordim",- deydi yo‘l patrul xodimi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42915 | Инструменты