2025-yil 1-iyuldan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkent - Issiqko‘l - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar har kuni amalga oshiriladi va safar vaqti atigi 2 soatni tashkil etadi.
Bu Qirg‘izistonning eng go‘zal kurort hududlaridan biriga qulay sayohat qilish imkoniyatidir. Chiptalarni silk-avia.com rasmiy veb-sayti, "Silk Avia" mobil ilovasi orqali, O‘zbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, "Uzbekistan Airways Sales" filiallarida xarid qilish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22202 | Инструменты