IQAir portaliga ko‘ra, soat 08:50 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan, Hindistonning Dehli shahri 3-pog‘onada.
O‘ntalikdan, shuningdek, Dakka (Bangladesh), Yangon (Myanma), Katmandu (Nepal), Xanoy (Vetnam), Jakarta (Indoneziya), Milan (Italiya), Kalkutta (Hindiston) egallagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты