2022-2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan.
2024-2030-yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40216 | Инструменты