Bugun Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Shuningdek, ta’kidlash lozimki, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11114 | Инструменты