Huawei 1
Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Polshadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

O'zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi.

O'zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda bo'lgan fuqaro A. A mazkur mamlakat hududida qo'lga olindi va yurtimizga qaytarildi.

A. A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bo'lib, u O'zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

"Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. O'zbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi", – deb yozilgan mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi  telegram-kanalida e'lon qilingan xabarda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты