Huawei 1
Kosondagi bog‘chada 2,5 yashar qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Avvalroq, Qashqadaryoda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etgani haqida xabar bergan edik

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchisi vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62820 | Инструменты