Huawei 1
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21-iyun kuni taxminan soat 14:30 larda Uchtepa tumani, 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro U. M. o‘tkir tig‘li jism bilan fuqaro N. T. ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Natijada jabrlanuvchi “chap ko‘krak qismining sanchilgan-kesilgan  jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori O. Abdullayev mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni “issiq izi”dan topib, uni ushlash choralarini ko‘rgan vaqtida, U.M. unga ham pichoq bilan tajovuz qilib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi daliliy ashyo (N.T. ga tan jarohati yetkazgan pichoq) bilan profilaktika inspektori va PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan hamda tergovga jalb qilingan.

IIO xodimlari tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi ("Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62819 | Инструменты