Huawei 1
Toshkent shahar hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

Amaliyot va tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilmasi, balki aholining kundalik hayoti uchun ham jiddiy muammolar tug‘dirmoqda

Avtomobil to‘xtash joylari va kirish yo‘llarining yo‘qligi haydovchilarning tez xarid qilish ehtiyojini qondirish uchun boshqa harakatlanuvchilar va piyodalarga noqulayliklar yaratmoqda.

Bundan tashqari, bunday qurilmalar:

- Irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv chiqarish kanallarini to‘sib qo‘yadi va bahor mavsumida hududlarni suv bosish xavfini oshiradi.
- Bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi.
- Shaharning me’moriy ko‘rinishini buzadi, yashil hududlarga kirishni to‘sadi va umumiy shahar qiyofasiga zid keladi.

Ayni damda tegishli tahlillar olib borilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

"Poytaxt aholisi va tadbirkorlariga murojaatimiz:

- Maishiy va tijorat binolari, turar-joy imoratlari uchun mavjud hujjatlaringizni shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini qayta tekshirishni tavsiya qilamiz.

- Ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘ling, yuridik xizmatlardan maslahat oling. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan berilgan hujjatlarsiz boshqa hech qanday hujjat turlari qonuniy kuchga ega emasligini yodda tuting.

Potensial xarid bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki davlat xizmatlarining onlayn tizimlari orqali murojaat qiling.

Faqat ishonchli va rasmiy axborot manbalariga murojaat qiling.
Aniq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210-01-63 raqami orqali yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12019 | Инструменты