Huawei 1
Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolganlarning qidiruvida aholidan yordam so‘ramoqda

Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolganlarning qidiruvida aholidan yordam so‘ramoqda

2006-yilda tug‘ilgan Tojiboyeva Fotima Raximberdi qizi, 2023-yilning 29-aprel kuni Yashnobod tumani, “Yangi davr” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, o‘rtacha gavdali, sochlari kalta va qora, ko‘zlari jigar rang, chap qo‘lining bilagida chandig‘i bor.
Kiyimlari: havo rang ko‘ylak, shippak va ro‘mol.

2005-yilda tug‘ilgan Irismetova Muslima Umarovna, 2023-yilning 20-fevral kuni Shayxontohur tumani, “Shodlik” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 175 sm, ozg‘indan kelgan, sochlari uzun va jigarrang, ko‘zlari jigar rang. Kiyimlari: Oq-qora uzun ayollar ko‘ylagi, qora ro‘mol, oq-qora krossovka, o‘zi bilan qora rangli sumka bo‘lgan.

1993-yilda tug‘ilgan Muminqulov Yashnar Nodirovich, 2023 yilning 22 aprel kuni Olmazor tumani, “Qo‘shtut” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 150-155 sm, ozg‘indan kelgan, sochlari va soqoli qora, qoshi qalin, burnida chandig‘i bor. Kiyimlari: Qora rangli kurtka, to‘q ko‘k rangli shim, kulrang jemfer, qizil rangli sport oyoq kiyimida bo‘lgan.

"Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz", -deyiladi IIBB xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты