Huawei 1
Toshkent shahar jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin

Toshkentda 29-mart kuni o‘tkazilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi doirasida Transport vaziri Ilhom Mahkamov avtobuslardan foydalandi. U “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipovga o‘zi eng ko‘p qaysi muammolarga duch kelishi haqida aytib berdi.

"Bizda hozir eng katta muammo haydovchilar bilan bog‘liq: haydovchilarning harakatlanishda texnik xavfsizlikka rioya qilishi, tez haydashlari. Diqqatini pulga, chetga qaratadi. Brutto shartnomalar joriy etib, haydovchilarni pul yig‘imidan, kunlik rejadan mutlaqo chetlashtiryapmiz. Bu nega ketma-ket qilib chiqilishi kerak? Hozir mexanizmni tatbiq qilish jarayonimizda tezda ketib bo‘lmaydi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz. To‘lov hozir naqd pulda 2000 so‘m bo‘lsa, kartochka bilan — 1700 so‘m. Lekin baribir ham tafovutini ko‘paytirmoqchimiz. Naqd pul bilan to‘lov narxini qimmatroq qilmoqchimiz. Balki bir aksiya qilib, transport kartalarini sotilishini ko‘paytirib yoki ommabopini chiqarib… Hozir, masalan, Mastercard, Uzcard bilan to‘lasa, 1000 so‘m. Telefonning o‘zida NFC yoki QR kod orqali ham to‘lasa bo‘ladi", — deydi vazir.

Ilhom Mahkamov o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlik naqd pul bilan qilinadigan to‘lovlar miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi ekanini taʼkidladi.

"Hozir to‘lov puli karta bilan 1700 so‘m va naqdda 2000 so‘m bo‘lsa, 1700 so‘mga tegmasdan, naqd puldagisini 3000 so‘mgacha ko‘tarmoqchimiz. Endi bilmadim bu narsaga omma qanday yondashadi. Shunda haydovchilar pulga aralashmasa…", — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90805 | Инструменты