Toshkent shahri startap ekotizimi eng tez rivojlanayotgan shaharlar qatoriga kirdi

Joriy yilning 30-may sanasida StartupBlink tashkilotining "Global Startup Ecosystems Index - 2023 (GSEI-2023)" xalqaro anjumani o'tkazildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi vakili O'zbekiston startap ekotizimidagi qilinayotgan ishlar, natijalar va istiqboldagi rejalar to'g'risida taqdimot o'tkazdi.

Anjuman maqsadi dunyoning Top-100 mamlakatlari startap ekotizimlari vakillari tajribasini bo'lishishdan iborat. Quvonarlisi, bu yilgi tadbirda O'zbekiston milliy startap ekotizimi ham namoyish etiladi.

Tadbir davomida Startup Portugal, Tech.mt, Business Finland, Sunshine Coast Council, DICT, Namibiya Investitsiyalar kengashi, Startup Wroclaw, Malayziya Innovatsiyalar agentligi kabi 20 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlari taklif etilgan.

GSEI-2023 ning joriy yilgi natijalariga ko'ra Toshkent shahri startap ekotizimi 165 pog'ona ko'tarilib (kuchli shaharlar mingtaligida 580-o'rin) dunyoning eng tez rivojlanayotgan 8 ta shaharlari qatoridan o'rin oldi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish agentligi StartupBlinkning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor tashkilotlari qatoridan joy olgani ham e'tirof etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10802 | Инструменты