Huawei 1
Toshkent shahri va 7 ta viloyatga 8 avtomatik stansiya olib kelindi

"Zamin" fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining "Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi davom etmoqda.

Loyiha doirasida Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga navbatdagi 8 ta avtomatik stansiya olib kelindi.  

Uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona ma’lumotlar bazasiga ulanadi. Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi. Stansiyalardan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты