Huawei 1
Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi

8-iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi taʼmirlash ishlari sababli yopiladi.

Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:

- Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod)

- Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum)

- Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov)

- Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100617 | Инструменты