Isroil harbiy-havo kuchlari halok bo‘lgan “Hizbulloh” bosh kotibining vorisi Hoshim Safieddinni o‘ldirgani haqida xabar berdi, deb yozadi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib Al-Arabiya nashri.
Qayd etilishicha, Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirilgan hujum 4-oktyabrga o‘tar kechasi Isroil tomonidan amalga oshirilgan.
Telekanalga ko‘ra, havo hujumidan keyin Safieddin bilan aloqa uzilgan. Uning bir qancha yordamchilari va “Hizbulloh” dala qo‘mondonlari u bilan birga halok bo‘lgan. Livan harakatining o‘zi ushbu ma’lumotni hozircha tasdiqlamagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты