Huawei 1
Eron Tashqi ishlar vaziri Damashqda Asad bilan uchrashdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Sayid Abbos Aroqchi bugun, 5-oktyabr kuni Damashqda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda  “Mehr News” xabar berdi.

Uchrashuvda ikki davlat rasmiylari mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Aroqchi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy o‘zgarishlar, jumladan, Livan va G‘azoda davom etayotgan mojarolarni muhokama qilgan. Suriya matbuotining xabar berishicha, Asad ham Aroqchi bilan Isroilning Livanga bo‘lgan tajovuzini to‘xtatish va livanlik birodarlarga turli xalq va rasmiy darajada yordam berish yo‘llari haqida gaplashgan.

“Damashqqa safarimdan maqsadim mintaqadagi o‘zgarishlar haqida maslahatlashuvlarni davom ettirishdir”, degan Abbos Aroqchi.

Prezident Bashar Asad Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va unga hamroh bo‘lgan delegatsiya bilan uchrashuvda Suriya va Eron o‘rtasidagi strategik munosabatlar va bu aloqalarning mintaqa hamda unga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi turishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Asad, shuningdek, bosqinchilik va ommaviy qotillikning barcha shakllariga qarshilik ko‘rsatish kerakligini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100618 | Инструменты