Huawei 1
Toshkent shahrida 1-iyundan boshlab 123-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida, 2023-yil 1-iyun kunidan boshlab:

123-sonli "Chuqursoy temir yo'l stansiyasi -Yunusobod dehqon bozori" yetkazib beruvchi avtobus yo'nalishi sifatida tashkil etilmoqda.

Ushbu avtobus yo’nalishi 7 ta jadval asosida 8-9 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.

Ma'lumot o'rnida, yo'nalishdan foydalanayotgan yo'lovchilar uchun Yunusobod dehqon bozoridan Chorsu savdo majmuasiga qadar Ahmad Donish, Sebzor, Abdulla Qodiriy, Abay, Alisher Navoiy ko’chalari orqali 91-sonli magistral avtobus yo'nalishida yetib olish imkoniyati mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60200 | Инструменты