“Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzuidagi tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raisligida oʻtkazilmoqda.
Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnashchilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov oʻqib eshittirdi.
Mazkur formatni yoʻlga qoʻyish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga tegishli boʻlib, ilk bor 2024-yilda SHHTning Ostona shahridagi sammitida yangragan.
2025-yilda Tyanszinda boʻlib oʻtgan Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yigʻilishida Xavfsizlik masalalari boʻyicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqotini Samarqandda oʻtkazish taklif qilingan edi.
Uchrashuvda SHHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvchilar, muloqot boʻyicha hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar qatnashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110612 | Инструменты