Toshkent shahrida Buyuk Britaniya hamkorligida An’anaviy san’atlar maktabi ochiladi

Maktabning asosiy vazifalariga xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash, o‘quv adabiyotlari yaratish, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish kiradi.

Maktab davlat muassasasi hisoblanadi, uning muassisi — Jamg‘arma. Direktorning ish haqi oliy ta’lim muassasalari rektorlari uchun belgilangan tartib asosida belgilanadi.

Maktabga mustaqil ta’lim standartlari ishlab chiqish, yangi yo‘nalishlar ochish, xorijiy OTMlar bilan qo‘shma dasturlar yaratish huquqi berilgan. Moliyalashtirish manbalari sifatida davlat budjeti, kontrakt tushumlari, xizmatlardan daromad, xayriya mablag‘lari va xalqaro grantlar ko‘zda tutilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maktabni saqlash uchun Jamg‘armaga yiliga 1,5 mln dollar ajratadi hamda zarur transport vositalarini taqdim etadi.

Maktab Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi Xattotlik maktabining binosiga joylashtiriladi. TIV va IIV xorijiy o‘qituvchi va talabalarga vizalar bo‘yicha imtiyozlar taqdim etadi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi esa ularning mehnat faoliyati uchun ruxsatnomalarni bepul rasmiylashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111417 | Инструменты