Toshkent shahrida “Food city savdo majmuasi – Qoʻyliq 7-metro bekati” yoʻnalishida bepul avtobus harakati yo'lga qo'yilmoqda
Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan ba'zi bir avtobus harakatlari uzaytirilishi ma'lum qilindi.
Unga ko'ra, joriy yilning 12-yanvar kunidan boshlab, Qoʻyliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarining harakati “Food city” savdo majmuasi avtoshoxbekatiga uzaytiriladi.
Bundan tashqari Food city savdo majmuasi ma'muriyati tomonidan yo'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, “Food city savdo majmuasi – Qoʻyliq 7-metro bekati” yoʻnalishida harakatlanuvchi, 6 ta jadval asosida bepul avtobus yoʻnalishi harakati yoʻlga qoʻyilishi ma'lum qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12109 | Инструменты