Huawei 2
Toshkent shahrida mashina va skuter ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Joriy yilning 17-aprel kuni soat 04:00 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa-Shirin ko'chalari kesishmasida 2002-yilda tug'ilgan haydovchi Z.A.  boshqaruvidagi NJA rusumli avtomashinasi hamda haydovchi 2004-yilda tug'ilgan O.E. boshqaruvidagi skuter bilan to'qnashuvi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida skuter haydovchisi O.E. tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga