Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov Uzreport TV telekanalini 10 yilligi bilan tabrikladi.
"Ravshan Jo‘rayev, Gulnoza Husanova boshchiligidagi katta ijodiy jamoani Uzreport TV telekanalining 10 yilligi munosabati bilan tabriklayman.
So‘z erkinligi, maʼlumotlarning xolis va tezkor yetkazilishi, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida katta hissangiz bor. Islohotlar va jamoatchilikni qiziqtirgan masala-muammolarning yoritilishida o‘zgacha, professional yondashuvingiz bilan ajralib turasiz.
Nazarimda, xuddi yaqinda paydo bo‘lgan telekanal edi, vaholanki, mana, oradan 10 yil o‘tibdi. Telekanal 100 yoshga to‘lganda ham, o‘z auditoriyasini yo‘qotmasin", – deb yozadi Komil Allamjonov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты