Huawei 1
Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro bilan janjallashdi

Joriy yilning 12-noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan "Sergeli" dehqon bozorida jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilingan Milliy gvardiya xodimi, ushbu hududda bir fuqaro tomonidan qo‘lidagi plastik suv idishi va qog‘ozlarni yerga (belgilanmagan joyga) tashlaganligi uchun uni to‘xtatib, oʻzini tanishtirib, u tashlagan chiqindilarni yig‘ishtirib olishini va belgilangan joyga tashlashini soʻrab, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash va atrof-muhitni iflos qilganligi uchun maʼmuriy jazo borligi haqida ogohlantirgan

Lekin ushbu fuqaro atrof-muhitni iflos qilganligi va belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi uchun o‘zini zarracha ham aybdor his qilmasdan, aksincha xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, tashlagan qog‘ozlarini olmasligini, “qo‘lingdan nima keladi” deb qonuniy talablariga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmasdan, baland ovozda kurakda turmaydigan uyatli soʻzlar bilan haqorat qilib atrofdagilar eʼtiborini tortgan holda xodimga nisbatan faol jismoniy qarshilik ko‘rsatgan. 

Shundan so’ng, Milliy gvardiya xodimi o’zini himoya qilish va huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida kuch ishlatishga majbur bo‘lgan. Shunda, u yerda bo‘lgan fuqarolar holatga aralashib, nomaʼlum shaxsni ajratib olgan vaqtlarida, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs javobgarlikdan qochish maqsadida hodisa joyidan ketib qolgan. 

Ushbu holat yuzasidan yig‘ilgan fuqarolarga Milliy gvardiya xodimi tomonidan batafsil tushuncha berilib, ularni voqea joyidan tarqatish choralari koʻrilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxs tomonidan sodir etilgan MJtKning 91-1-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish), 194-1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish)da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun qonuniy chora koʻrish va uni qidirib topish choralari koʻrilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты