Joriy yilning 6-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Hozirgina Chilonzor tumani 20k da ommaviy pichoqbozlik bo‘lgani aytilmoqda” nomli videolavha tarqalgan.
Holat yuzasidan Bosh prokratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzeport.news" manbasiga ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 5-noyabr kuni soat 21:00 atrofida 1993-yilda tug‘ilgan A.N. RSHTYOIMga ko‘krak qafasi chap tomonlama kesilgan-sanchilgan jarohati tashxisi bilan murojaat qilgan va tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan. U shifokorlarga o‘z ehtiyotsizligi tufayli yiqilib tushganligini aytgan.
Tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida 5-noyabr kuni soat 19:00 atrofida Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan dehqon bozori yonida joylashgan savdo do‘konida A.N. fuqaro O.K. bilan o‘zaro tortishib qolgan.
Olingan dastlabki maʼlumotga ko‘ra, janjal o‘rtadagi qarz sababli kelib chiqqan.
Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, tergov tezkor-guruhi, IIO FMB JQB shaxsiy tarkibi, tun xizmatida bo‘lgan profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB JQB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты