Poytaxtimizda o‘ta kam bo‘lgan yashil hududlar bilan bog‘liq mavzu bugun juda og‘riqli ekanligi aniq. Va har birimiz, investor tomonidan bog‘ni rekonstruksiya qilish haqidagi xabardan so‘ng, katta qo‘rquv va ishonchsizlik paydo bo‘lishi tabiiy. Ammo hokimlik BMP Smart Decision Management korxonasi bir marta o‘ziga xos tekshiruvdan o‘tganiga ishontirmoqda.
Negaki, aynan bu kompaniya G‘ofur G‘ulom nomidagi bog‘ni qayta tiklagan edi. O‘shanda ushbu mavzu atrofida katta shov-shuv ko‘tarilgan, uni UzReport TV ham yaqindan kuzatib borgan edi. Ammo natijada qo‘rquvlar oqlanmadi, bog‘ga zarar yetkazilmadi, aksincha, attraksionlarning yangilanishi, yangi ish o‘rnilari yaratilishi bilan birga yashil maydonlar maydoni ikki baravar ko‘paydi.
Shu bois davlat uzoq vaqtdan beri faoliyat ko‘rsatmayotgan va xarob holatda bo‘lgan bog‘ni chuqur rekonstruksiya loyihasini aynan ushbu kompaniya ixtiyoriga 49 yil muddatga, har bir istirohat bog‘iga kamida 10 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga topshirdi.
"Bu yerda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilib, markaziy favvora qayta tiklanadi. Asosiy e’tibor yashil maydonlarga qaratiladi. Shuningdek, bu yerda milliy taomlar maydonchasi ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari va uy hayvonlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish uchun majmua yaratish rejalashtirilgan", - deya ta'kidladi Toshkent shahar hokimi o’rinbosari Furqat Mahmudxo'jayev.
Keyingi nuqta – Do‘stlik bog‘i. Bu yerga kelganimizda, bir guruh norozi aholini uchratdik. Ular rekonstruksiyaga qarshi bo‘lib, bog‘ning tabiiyligini saqlab qolish tarafdorlari ekan. Ammo ko‘rib turganimizdek, bu park hozirgi kunda ikki tarafidan baland binolar bilan o‘rab olinmoqda. Investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari ham bunga qarshi. Ular bu yerga to‘plangan odamlarga shuni tushunitirishga harakat qilishdi.
Loyiha doirasida Do‘stlik bog‘i o‘zining Xalqlar do‘stligi konsepsiyasini saqlab qolar ekan. Bu yerda yangi muz maydonchasini qurish, ko‘llarni qayta tiklash, musiqiy favvorani va bir nechta karusellarni o‘rnatish, amfiteatr, shaxmat va yoga uchun maydonchalar hamda vorkaut zonasini tabiiy muhitda tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
"Eng muhimi, kompaniya o‘z ishini ochiq, puxta jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirishga tayyor. Muntazam ravishda, har bir necha oyda Ommaviy axborot vositalari uchun press-turlar tashkil etiladi, mahalliy aholi esa kerak bo‘lsa har kuni qurilish maydonchalariga tashrif buyurishi va o‘z monitoringini olib borishi mumkin. Yangillangan Do‘stlik va Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘lar ilk tashrif buyuruvchilarni 2026-2027-yillarda qabul qilishi rejalashtirilmoqda", - deya ta'kidladi "BMP Smart Decision Management" korxonasi operatsion rahbari Zafar Mirzaulug'ov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71006 | Инструменты