Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda.
Toshkent shahri FVB matbuot kotibining Kun.uz ga xabar berishicha, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki taxminlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, 5 yoshli bola kanal qirg‘og‘ida o‘ynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, oqib ketgan. Buni ko‘rgan ayol kishi uni qutqarmoqchi bo‘lib suvga tushgan va u ham kuchli oqim oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo‘lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi ta’kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты