Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirildi

Gapirish va eshitish bilan bog'liq imkoniyati cheklangan shaxslar Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda surdo tarjimonsiz istalgan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Joriy yilning 3 noyabr kunidan boshlab Toshkent shahridagi 11 ta tuman Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirildi.

Davlat xizmatlari markazlarining kirish qismlarida, fuqarolarni qabul qilish burchaklarida (resepshnda) hamda “surdo-online” planshetlari joylashgan operatorlarning ish stoliga maxsus belgilar joylashgan.

Ushbu belgilar, o'z navbatida Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan shaxslarga to'g'ridan-to'g'ri “surdo-online” plansheti joylashgan operatorga yo'naltiradi.

“Surdo-online” planshetlari internetga ulangan bo'lib, bevosita onlayn tarzda doimiy ravishda ishlaydi va shu vaqtning o'zida operatorga tarjima qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21110 | Инструменты