21-fevral kuni soat 22:02 da Yashnabod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan, avtomobillar yuvish joyida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:14 da yetib borib, yong‘in soat 22:27 da qurshab olinib, soat 22:33 da o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo’q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, ushbu yong‘in holati Toshkent metropolitenining Texnopark - Yashnobod bekatlari oralig‘iga yaqin bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan. Hozirda bu holat tegishli mas’ullar tomonidan bartaraf etilgan bo‘lib, metropoliten harakatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan va yo‘nalishdagi poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida tashkillashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22221 | Инструменты