Huawei 1
Toshkent Shimoliy vokzalida chipta sotuvchi terminal ishga tushirildi

Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalida temir yo‘l chiptalarini avtomatlashtirilgan terminal orqali xarid qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur terminal test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, uning yordamida temiryo‘l kassalarida chiptalarni navbatlarsiz sotib olish mumkin.

Elektron qurilma orqali chipta rasmiylashtirishda yo‘nalish, vagon va o‘rindiqni, shuningdek, ketish vaqtini tanlash kerak.

Terminaldan yo‘lovchi poyezdlar jadvali haqida ma’lumot olish ham mumkin. “Qidiruv” tugmasini bosish bilan mavjud poyezdlar chiqib keladi.

Undan keyin yo‘lovchi haqidagi ma’lumotlar kirtilib, to‘lov kartalari orqali chiptani xarid qilish yakunlanadi.

Yaqin kunlarda elektron terminalni mamlakatning barcha temiryo‘l vokzallariga o‘rnatish rejalashtirilgan.

Undan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bilan havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91221 | Инструменты