Huawei 1
Toshkent va Samarqand viloyatida sifatsiz benzin sotgan AYOQShlarga chora ko'rildi

Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) sotilayotgan avtobenzin yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan,

Toshkent viloyati misolida

Viloyatda faoliyat olib boruvchi “BLACK GOLD ENERGY” MCHJ (AI-92 hamda AI-95 markali) hamda “SAFOMAX OIL” MCHJ (AI-92 markali)larda sotilayotgan yuqori oktanli avtobenzinlardan olingan namunalarning sifat tahlil natijalari davlat standarti talablariga mos emasligi aniqlandi.

Samarqand viloyati misolida

Jomboy tumanida joylashgan “HAPPY OIL” MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin yoqilg‘isidan olingan namunalari Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasida tekshirilganda, mazkur markali avtobenzin sifatsiz ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan 3 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, jami 22 mln so‘mga yaqin pul mablag‘larini isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40215 | Инструменты