Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd so‘m mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12018 | Инструменты