Toshkent viloyatida 23,5 ming dollarga 7 gektar yer olib berishni va'da qilganlar ushlandi
Toshkent viloyatida yer sotish bilan bog'liq firibgarlik holati aniqlandi.
Qayd etilishicha, Departamentning Zangiota tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar R.Q. va B.R.lar fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga vakolatli tanishlari orqali Qibray tumani hududida joylashgan 7 gektar yer maydonini tender savdolariga qo'yish orqali sotib olib berishni va'da qilib, evaziga 23 500 AQSH dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты