Toshkent viloyatida 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi

Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak vafot etdi

Aniqlanishicha, fuqaro temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bo‘lgan. Natijada uni yo‘lovchi poyezd urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan. Baxtsiz hodisa yuz bergan kuni u mast holatda bo‘lgan.

Marhumning onasi o‘g‘lining bir kun oldin farzandli bo‘lganini, ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uyidan chiqib ketganligini taʼkidlagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты