Huawei 1
Toshkent viloyatida 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida fuqaro tomonidan ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi

Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyo‘l tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt – 2 tup qayrag‘och va 3 tup yong‘oq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 533 mln so‘m deb baholangan.

Holatga bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты