Huawei 1
Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi

Tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlagani aks etgan video tarqaldi.

Bosh prokuratura xabar qilishicha, hodisa 30 aprel kuni sodir bo‘lgan. Unda Chinoz tumanida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan ayol «Toshkent — Samarkand» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatda vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50408 | Инструменты