Huawei 1
Toshkent viloyatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi qotillik alomatlari bilan topildi

Toshkent viloyatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Uzeport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Ma'lum bo'lishicha, 26-iyul soat 06:19 larda Yangiyo‘l tuman Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan.

Xonadonnni ko‘zdan kechirish davomida 5 nafar (1991-yilda tug'ilgan erkak, 1999-yilda tug'ilgan ayol, 2021 va 2022-yilda tug'ilgan bola va 2018-yilda tug'ilgan qiz) shaxsning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90807 | Инструменты