Joriy yilning 26-may kuni soat tahminan soat 12:00 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan Olmaliq shahrida yashovchi M.S “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida (mashinada haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan) boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chadagi “Tanachi-Bo‘ka” kanaliga tushib ketgan.
YTH oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Mashina texnik shikastlangan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi mashinani boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты