Toshkent viloyatida daraxtlar tagi betonlab tashlangani aniqlandi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tag qismi betonlab tashlangan daraxtlar tasviri aks etgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qaytd etilishicha, holat yuzasidan shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari o‘rganish ishlarini olib borgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi daraxtlarning ost qismi bundan bir necha kun oldin betonlab tashlanganligi aniqlangan.
Shuningdek, daraxtlarning ost qismi betonlardan tozalanib, unumdor tuproq to‘kilib, sug‘orilgan va bunday holatlar qayta sodir etilmasligi uchun fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Sirdaryodagi istirohat bog'ida daraxtlar tagi betonlab ketilgani, Qashqadaryoda 8 tup daraxt ildizigacha betonlab ketilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50220 | Инструменты