Huawei 1
Toshkent viloyatida gaz taʼminoti bosh muhandisi pora olayotgan vaqtda ushlandi

“O‘rtachirchiq tumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga 8500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz taʼminoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты