Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 10-30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining 828 kilometrida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan U.S boshqaruvidagi “Mazda 6” rusumli avtomobilning dvigatel va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan, transport vositasi texnik shikastlangan.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVV tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты